Muhim

Kiberxavfsizlikka masʼul organlar diqqatiga: SunEco nomli yana bitta öta şubhali loyiha haqida

Albom4-aprel, 2024, 16:0111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kiberxavfsizlikka masʼul organlar diqqatiga: SunEco nomli yana bitta öta şubhali loyiha haqida
#firibgar

"Parker" degan firibgar kompaniyaga işonib minglab odamlar puliga kuyib qolgani haqida yozgan edim.

Öşa postdan keyin xuddi şunga öxşaş tizimda işlaydigan va odamlardan pul yiğayotgan boşqa "kompaniyalar" haqida ham maʼlumotlar berişdi.

Ana şulardan biri SunEco nomi bilan iş yuritayotgan ekan. Telegram kanalini qarasangiz, bular avval Oasis degan nom bilan işlagan, keyin bir yumalab, SunEco'ga aylanib olişgan.

Bularning tizimi ham oldingilar bilan bir xil işlaydi. Şubhali mobil ilovadan kriptovalyuta orqali pul investitsiya qilasiz. Bular sizning pulingizga goʼyoki qayerdadir quyoş panellari sotib olişadi va siz şundan daromad qilasiz. Qança köp pul tölasangiz, şunça köp daromad, har kuni falon dollar işlaysiz, deb odamlarni qiziqtirişmoqda.

Va hattoki bular Markaziy Osiyo bozoriga 5 mln AQŞ dollar sarmoya kiritdik, degan yolğon gapni ham tarqatişgan.

Hududlarda, jumladan Namangan va Andijonda filiallar oçişyapti, odamlar örtasida tarğibot işlarini qilişmoqda.

Hurmatli, organ xodimlari! Toki yana bir bor minglab odamlar puliga kuyib qolmasidan avval yaxşilab suriştiruv ötkaziş va uşbu "kompaniya" faoliyati qonuniyligini jiddiy tekşiriş zarur.

‼️Odamlarga esa yana bir bor eslatamiz. Oson pul topiş haqidagi vaʼdalarga işonib ketavermang! Iltimos, Xudo xayringizni bersin, bunçalar sodda bölmang. Firibgarlar sizlarni "lox" qilib, boyişiga yöl qöymang! Nahotki şunça voqea sizga dars bölmaydi?!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek