Fikr

Qoloq (notöğri) tizimni töğrilaş kerak

Foto30-sentabr, 2025, 20:172 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qoloq (notöğri) tizimni töğrilaş kerak

Bir kunda heç narsa özgarmaydi-yu, baribir buni aytiş — burçimiz va qarzimiz.

Ertadan, 1-oktabrdan moped va skuter haydaş uçun “A” kategoriya haydovçilik guvohnomasi talab etiladi.

Tasavvur qilişingiz uçun, 300 ot kuçiga ega sport mototsiklini haydaş uçun ham “A” kategoriya kerak. Skuter qayoqda-yu, Honda yoki Suzuki qayoqda?

Masʼullar turli ölim statistikasini manipulyatsiya qilmasdan, bir narsani töğri tuşunişlarini xohlardim:

‼️ Heç kim moped va skuterga haydovçilik guvohnomasi talab qilinişiga qarşi emas. Ularning raqamlanişi yoki röyxatdan ötişiga ham, qoidalarni öqişiga ham qarşi emas. Ha, bu işlarni umumiy xavfsizlik uçun qiliş kerak. Lekin barça eʼtiroz uşbu talablar va xarajatlar qay darajada adolatli ekanligi haqida bölyapti.

❓ Yevropada qanday?

Yuqoridagi suratda Yevropa Ittifoqidagi tizim aks etgan. U yerda mototsikl va moped/skuterlar alohida toifaga ajratilgan. Mototsiklning özi uçun ham quvvatiga qarab 3 xil kategoriyada (A1, A2 va A) haydovçilik guvohnomasi berilar ekan. Mopedlar uçun alohida “AM” kategoriya bor. Bu tizim “bosqiçma-bosqiç ruxsat beriş” (progressive access) tamoyiliga asoslanadi.

Yevropa Ittifoqida yagona “A” toifasi yöq, çunki ularning yondaşuvi xavf darajasiga qarab tabaqalaştirişga asoslangan. Moped (kam xavf) => Yengil mototsikl (örtaça xavf) => Oğir mototsikl (yuqori xavf) zanjiri uçun alohida toifalar va talablar işlab çiqilgan.

Imtihoni ham, xarajati ham bir-biridan farq qiladi.

❗️Şu rakursdan qaralsa, bizdagi tizim juda qoloqdek körinyapti. Çunki eng yuqori tezlikdagi sport mototsiklini 16 yoşdan, heç qanday tajribasiz haydaşga ruxsat berilişi va oddiy skuter haydaş uçun ham bir xil talab qöyilişi — mantiqsizlik va adolatsizlik.

Menga yoqqan tomoni, Yevropadagi tabaqalaşgan kategoriya tajriba orttiriş imkoniyatini beradi. “A1” toifasi 16 yoşli ösmirga mototsikl boşqarişni boşlaş va 2-3 yil davomida kam quvvatli transportda tajriba töplaşga yordam beradi. Bu vaqt içida u yöl harakatini his qiliş, xavfli vaziyatlarni oldindan köra biliş va mototsiklni boşqarişning nozik jihatlarini örganadi. Şundan söng u keyingi, kuçliroq toifaga (“A2”, keyin “A”) ötişi mumkin.

Agar yagona “A” toifasi bölsa, unda 16 yoşli, tajribasiz ösmirga juda kuçli sport mototsiklini qonuniy boşqariş huquqi berilgan bölardi, bu esa juda xavfli.

Özbekistonda hozir aynan şunaqa. Bunday qoloq tizimdan voz keçiş va töğrilaş kerak.

👉@xushnudbek👈

  • 22 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek