Sport

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorovning jamoalari nufuzli turnir finaliga çiqişdi

Albom11-oktabr, 2024, 22:554 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

♟️Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorovning jamoalari nufuzli turnir finaliga çiqişdi

London şahrida jamoalar örtasida Global Chess League-2024 musobaqasining asosiy bahslari öz yakuniga yetdi. Turnirda har birida olti nafar şaxmatçidan iborat 6 ta jamoa iştirok etdi.

10 ta turdan keyin tarkibida 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov bölgan "PBG Alaskan Knights" jamoasi 1-örinni, tarkibida 🇺🇿Javohir Sindorov bölgan "Triveni Continental Kings" jamoasi esa 2-örinni egalladi hamda ertaga uşbu ikki jamoa finalda özaro kuç sinaşadi.

Nodirbekning jamoasi muddatidan oldin finalni naqd qilgan edi. Bugungi muhim bahsda Javohirning jamoasi final yöllanmasi uçun Magnus Karlsen sardorligidagi jamoani mağlub etdi. Jamoasi yutqazayotgan paytda hal qiluvçi ğalabani aynan Javohir qölga kiritdi va jamoasini finalga olib çiqdi. Finaldan quruq qolgan Magnusning reaksiyasini videoda körişingiz mumkin.

Final bahsi ertaga bölib ötadi va 2 ta öyindan iborat böladi. Yuqoridagi suratlarda ertangi finalda özaro öynaydigan raqib juftliklar röyxati berilgan. Nodirbek Abdusattorov 2-taxtada Vey Yi bilan, Javohir Sindorov esa 6-taxtada Nihol Sarin bilan kuç sinaşadi.

Maʼlumot uçun: turnir çempioni bölgan jamoaga 500 ming AQŞ dollari (6 şaxmatçi + murabbiy), 2-örinni olgan jamoaga 250 ming dollar mukofot beriladi. Demak, Nodirbek va Javohir jamoalari allaqaçon 250 ming dollarni naqd qilib bölişdi, ertaga qaysidir jamoa yarim million dollar olişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek