Özbekistonda bank omonatlarini qaytariş muddati bosqiçma-bosqiç 7 kungaça qisqartiriladi
_Xalq so'zi_ gazetasi-35-2025-02-19.pdf
PDF · 1,0 MB
🏦 Özbekistonda bank omonatlarini qaytariş muddati bosqiçma-bosqiç 7 kungaça qisqartiriladi
Bugun eʼlon qilingan qonun bilan bir qator muhim özgarişlar joriy qilindi. Xususan:
➖ yangi qonun tadbirkorlar va yuridik şaxslarning ham omonatlarini kafolatlaydi (ilgari yuridik şaxslar uçun kafolatlanmas edi);
➖ omonatlarni tölaş muddati bosqiçma-bosqiç 3 oydan 7 kunga tuşiriladi. Jumladan, qonun kuçga kirgandan boşlab omonatlar 20 iş kunida, 2026-yil 1-yanvardan 15 iş kunida, 2027-yil 1-yanvardan 7 iş kunida tölanadi (ilgari omonatlarni tölaş 3 oydan keyin boşlanardi).
➖ töliq kafolatlaş tizimidan voz keçilib, kafolatlangan omonat miqdorining yuqori çegarasi 200 mln söm etib belgilandi. Bu çeklov faqat bitta bank doirasidagi omonatlarga tadbiq etiladi, yaʼni bir kişi 10 ta bankda omonat xizmatidan foydalansa, kafolatlangan omonatlar miqdori 2 mlrd söm böladi. Uşbu qoida qonun kuçga kirgandan keyin oçilgan omonatlarga taalluqli böladi, bungaça qöyilgan omonatlar uçun töliq kafolat tizimi qöllanaveradi.

