Muhim

Özbekistonda ekstremizm uçun javobgarlik va unga qarşi kuraş tartibi özgardi

Havola5-noyabr, 2026, 09:251 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 29,3 ming

❗️Özbekistonda ekstremizm uçun javobgarlik va unga qarşi kuraş tartibi özgardi

Prezident bu böyiça qonunni imzoladi.

Asosiy özgarişlar:

➖ “Ekstremizm” tuşunçasi aniqlaştirildi

Hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” sözlari “ekstremizm” sözi bilan almaştirildi. “Ekstremizm” tuşunçasiga taʼrif berildi.

➖ Javobgarlik çoralari özgardi

Ekstremistik, separatistik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş yoki tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş, saqlaş uçun:

▪️fuqarolarga — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça (22-44 mln söm);
▪️mansabdor şaxslarga — 100 baravaridan 150 baravarigaça (44-66 mln söm) jarima yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.

Şuningdek, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

➖ Ekstremistik taşkilotlar, materiallar (manbalar)ning elektron reyestri yuritiladi

Reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi va hamma tanişib çiqişi uçun oçiq hisoblanadi.
 
Unga quyidagilar kiritiladi:
 
🔹 ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati töxtatib turilgan taşkilotlar;
🔹 ekstremistik taşkilot deb topilgan taşkilotlar;
🔹 ekstremistik material deb topilgan materiallar;
🔹 telekommunikatsiyalar yoki Internet tarmoğidagi tizimli ravişda (1 yil mobaynida 2 va undan ortiq marotaba) ekstremistik materiallar joylaştirilgan va tarqatilgan elektron manbalar.

👉 @xushnudbek 👈

lex.uzЎРҚ-1185-сон 02.11.2026. Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига экстремизмга қарши курашиш самарадорлигини оширишга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисидаlex.uz
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek763 ming obunaçi