Şavkat Mirziyoyev dehqonlarni Özbekiston tarixida ilk bor 5 mln tonna paxta hosili olingani bilan tabrikladi

Foto5-noyabr, 2026, 08:552 daqiqa1 köriş

Şavkat Mirziyoyev fermer va dehqonlarni Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta hosili olingani bilan tabrikladi

“Albatta, sizlarning fidokorona mehnatingiz, jasorat va matonatingiz bilan qölga kiritilgan bu tarixiy ğalaba butun xalqimizning ğalabasi.
Bu – paxtaçilik sohasidagi Yangi Özbekiston möjizasidir.
Bu yutuqning ijodkori sizlar – azamat dehqon va fermerlarimiz, mohir agronom, suvçi, mexanizator, olim va mutaxassislarimiz, klaster xodimlari, desak, adolatli fikrni aytgan bölamiz.

Fursatdan foydalanib, barçangizga öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildirib, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Sizlar bilan butun xalqimiz faxrlanadi, ğururlanadi.

Ayniqsa, iqlim özgarişi bilan boğliq qiyinçiliklar yanada kuçaygan joriy yilda paxta xomaşyosini yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan, sohaning içki imkoniyatlari hisobidan yuksak sifat bilan yiğib-terib olganingiz tahsinga munosibdir”, - deyiladi tabrikda.

Qayd etilişiça, 400 ming gektar yerda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektarda 100-110 sentnergaça hosil olingan.

Bu yil yetiştirilgan hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinalari yordamida 30-35 kunda terib olingan, mexanizatsiyalaştiriş darajasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 100 foizga yetkazilgan.

Bu yil fermerlar paxtadan 13-14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek763 ming obunaçi