Özbekistonda har bir OTMning noyob imij va brendi konsepsiyasi işlab çiqilişi kutilmoqda
❗️Özbekistonda har bir OTMning noyob imij va brendi konsepsiyasi işlab çiqilişi kutilmoqda
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.
🗓 Unga köra, 1-avgustga qadar har bir OTMning öziga xosligidan kelib çiqib, tarixiy rivojlaniş xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasi işlab çiqiladi.
🔰 Bunda, har bir OTMning xususiyati, ilmiy va taʼlim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yönalişlaridan kelib çiqib uning logotipi va vizual identifikatsiyasi (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boşqa kiyimlar) yaratiladi.
🔰 Şuningdek, OTMlar öz brendi aks ettirilgan buyumlarni işlab çiqaruvçi taşkilotlar bilan hamkorlik qilişi hamda oliygohlarning özida ularning savdo şoxobçalarini taşkil etilişi belgilangan.
👔 Qaror loyihasida, 2025-yil noyabr oyiga qadar OTM logotipi, taşrif qoğozi, madhiyasi va vizual identifikatsiyasini işlab çiqiş böyiça tanlov eʼlon qiliş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun logotip tuşirilgan maxsus kiyim, suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi öyinçoq, fleşka va boşqa tegişli mahsulotlar yaratiş çora-tadbirlari belgilab qöyilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars

