Muhim

Özbekistonda huquq fanidan ham milliy sertifikat joriy etildi

Matn28-noyabr, 2025, 11:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚖️ Özbekistonda huquq fanidan ham milliy sertifikat joriy etildi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonning boşqa muhim joylari:

➖ “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boşqaruvi” taʼlim yönalişida bakalavr darajasiga ega bölgan şaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan ötmasdan umumiy örta taʼlim maktablarida Davlat va huquq asoslari fani böyiça dars berişga ruxsat etiladi;

➖ Toşkent davlat yuridik universitetida (Universitet) "Yurisprudensiya" bakalavriat taʼlim yönalişidan boşqa turdoş taʼlim yönalişlari bitiruvçilari uçun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi;

➖ Qaşqadaryo yuridik texnikumi negizida Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyi taşkil etiladi;

➖ Universitetning ikkinçi, uçinçi va törtinçi kurs talabalari uçun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va boşqa yuridik sohaga oid taşkilotlarda ötkaziladi;

➖ Universitetning uçinçi va törtinçi kurs talabalarini davlat taşkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga iş yurituvçi, yuriskonsult yordamçisi sifatida işga qabul qilişga ruxsat etildi;

➖ Universitetda fakultet dekanlari, departament boşliqlari va markaz rahbarlarini ikki öquv yili muddatiga saylaş amaliyoti joriy etiladi, bunda bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanişi mumkin emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek