Özbekistonda pulli yöllar qurilişi böyiça 5,6 mlrd dollarlik 5 ta loyiha amalga oşirilmoqda
Özbekistonda pulli yöllar qurilişi böyiça 5,6 mlrd dollarlik 5 ta loyiha amalga oşirilmoqda
Bu haqda Prezidentning transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvida maʼlum qilindi.
Unga köra, hozirda jami 593 kilometrlik pulli yöllarni quriş böyiça 5 ta loyihaga kirişilgan.
Toşkent – Samarqand yönalişida 2,2 milliard dollarlik yöl qurilişi boşlangan, Toşkent – Angren yönalişidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha böyiça tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Mutasaddilarga Toşkent – Çorvoq, Samarqand – Buxoro yönalişlari va Taxtaqoraça dovonidagi yöllar böyiça jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etiş topşirildi.
👉 @xushnudbek 👈


