Yirik xalqaro tadbirlar endi sayyohlar oqimi kam bölgan mavsumlarda ötkaziladi
❗️Yirik xalqaro tadbirlar endi sayyohlar oqimi kam bölgan mavsumlarda ötkaziladi
Şavkat Mirziyoyev turizm sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda Buxoro viloyatidagi yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Joriy yilning 10 oyida Özbekistonga 11,6 mln nafar xorijlik sayyoh taşrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobar oşib, 6,1 mlrd dollarga yetgan.
Taqdimotda quyidagi rejalar maʼlum qilindi:
🔹yangi turizm loyihalari uçun 5 ming gektar yerni auksionga çiqariş;
🔹2030-yilgaça turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 3,1 trln söm yönaltiriş;
🔹Turizm loyihalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etib, 2027-yilda unga 100 mlrd söm ajratiş;
🔹Buxoroda Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat sanʼat muzeyini taşkil etiş;
🔹2027-yilgi Buxoro biyennalesi doirasida Somoniylar boğidan Labi Hovuzgaça 2,3 kilometrlik yagona madaniy sayr yönalişini şakllantiriş;
🔹Nurota tumanidagi qadimiy Koriz suv inşooti negizida oçiq osmon ostidagi muzey va dam oliş maskanini barpo etiş.
2030-yilgaça xorijlik sayyohlar sonini yiliga 20 mln nafarga, turizm xizmatlari eksportini 10 mlrd dollarga, sohada band aholi sonini 2 mln nafarga yetkaziş maqsad qilingan.
Turizm qömitasiga yirik xalqaro anjuman va forumlarni sayyohlar oqimi nisbatan kam bölgan davrlarga qayta taqsimlaş topşirildi.
👉 @xushnudbek 👈

