«Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak» — Şavkat Mirziyoyev
Foto23-noyabr, 2026, 20:252 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 57 mingSaytdagi körişlar: 3tahrirlangan
“Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak” — Şavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi.
“Ertalab xayrlaşiş paytida bolalarça soddalik bilan: “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” deb sörading. Şoşib turganim uçun bu savolingga tuzukroq javob berolmadim. Biroq şu gaping fikru xayolimni band qilib turibdi.
Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak.
Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning maʼno-mazmuni, deb bilganman.
Umrimni el-u yurt xizmatiga baxş etişdan bir lahza bölsin afsuslanmadim. Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq.
Tez-tez özga yurtlarga yöl olişim ham – sizlarning, köpmillatli xalqimizning tinç, tökis va tökin yaşaşini istaganim tufaylidir. Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimdon bölib voyaga yetişingiz uçun ham dunyo kezişimga, yangi-yangi hamkorlar topişimga töğri keladi.
Sening yoşingda yozning jaziramasida ğöza çopib, izğirin sovuqda paxta terganman. Maktabda ön yil öqigan bölsam, şuning deyarli yarmi dalada ötgan. Qiyinçiliklar bizni erta ulğaytirgan.
Bunday azoblarni sizlarga, xalqimning barça farzandlariga aslo-aslo ravo körmayman. Şuning uçun Prezident bölganimdan söng birinçi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim.
Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!
Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir”, — deya yozdi Şavkat Mirziyoyev.
Maktubning töliq matni 👉https://president.uz/oz/lists/view/9882
👉 @xushnudbek 👈
- 9 Telegram Stars


