Hukumat yangi lotin yozuvini joriy qiliş böyiça muhim detallarni eʼlon qildi
Hukumat yangi lotin yozuvini joriy qiliş böyiça muhim detallarni eʼlon qildi
Hukumat özbek alifbosiga kiritilgan özgartirişlar töğrisidagi qonun ijrosini taʼminlaş böyiça çora-tadbirlar loyihasini işlab çiqdi.
Unga köra:
➖ Amaldagi ID-kartalar, xorijga çiqiş pasportlari, haydovçilik guvohnomalari va avtomobil texnik pasportlarini alifbo özgargani sababli almaştiriş talab etilmaydi.
➖ Avvalgi alifboda rasmiylaştirilgan hujjatlar, jumladan, şaxsiy va mulkiy huquqlarni tasdiqlovçi hujjatlar öz yuridik kuçini saqlab qoladi.
➖ Domen nomlari, elektron poçta manzillari, foydalanuvçi nomlari, loginlar, hisobvaraq va şartnoma raqamlarini alifbo özgarişi sababli majburiy almaştiriş yoki qayta röyxatdan ötkaziş talab qilinmaydi.
➖ Milliy valyuta va qimmatli qoğozlardagi eski harflar ularning amal qilişiga tösqinlik qilmaydi.
Qonun kuçga kirgandan keyin:
➖ Yangi beriladigan ID-kartalar, biometrik pasportlar, haydovçilik guvohnomalari, avtomobil texnik pasportlari va kadastr hujjatlari yangilangan alifboda rasmiylaştiriladi. Eski blankalardan 2028-yil 1-yanvargaça foydalanişga ruxsat beriladi.
➖ Davlat organlari, xöjalik birlaşmalari va boşqa yuridik şaxslarning rasmiy hujjatlari, yozişmalari va axborotlari yangilangan alifboda tayyorlanadi.
➖ OAV tarqatadigan axborot va materiallar, şuningdek, matbaa-naşriyot mahsulotlari yangilangan alifboda tayyorlanadi va çop etiladi.
➖ Elektron davlat xizmatlari, davlat reyestrlari, maʼlumotlar bazalari va hujjat aylanişi tizimlari yangilangan alifboga moslaştiriladi.
Bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladigan işlar:
➖ Maktab darsliklari 2027–2031-yillarda sinflar va fanlar kesimida bosqiçma-bosqiç yangi alifboda naşr etiladi.
➖ Aeroport, vokzal, jamoat transporti va yöl infratuzilmasidagi yozuvlar 2027-yildan boşlab rejali ravişda moslaştiriladi.
➖ Yangi alifboga mos klaviaturalar, imlo tekşiruvçi va matnni ögiruvçi dasturlar, elektron luğatlar işlab çiqiladi.
Jamoatçilik muhokamasi 6-dekabrga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈

