Prezident maktablariga kiriş imtihonlari böyiça Agentlik rahbariyati bilan uçraşuv ötkazildi

Albom19-iyul, 2023, 15:412 daqiqa0 koʻrish

Bugun Prezident maktablariga kiriş imtihonlari böyiça jamoatçilikda yuzaga kelayotgan ayrim masalalarga javob oliş maqsadida Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uçraşdik. Uçraşuvda mendan taşqari KunUz hamda DaryoUz naşri muxbirlari ham qatnaşdi.

Uçraşuvda quyidagi asosiy masalalar böyiça izoh söraldi:

1) 15-iyul kuni ötkazilgan testlarni Cambridge Assessment xalqaro taşkiloti olganmi? Ular bilan şartnoma bormi?

2) Bitta smenada tuşgan savollar keyingi smenalarda ham takrorlandimi?

3) Testda smenalar kesimida öquvçilar qayd etgan natijalar qanday? Test validligi böyiça tegişli tahlillar ötkazildimi? Ularni oçiqlaş mumkinmi?

4) Testdagi savollar murakkabligi haqiqatdan 4-sinf öquvçilari uçun mosmi? Öquv dasturlariga rioya qilinganmi?

Barça savollarga agentlik vakillaridan javoblar olindi, şuningdek Cambridge Assessment vakili Steve King bilan zoom orqali muloqot qilib, undan ham yuzaga kelgan tuşunmovçiliklar böyiça izoh olindi.

Barça punktlar böyiça bizga taqdim etilgan maʼlumotlarni alohida-alohida sizlarga yetkazişga harakat qilaman. Yoziş uçun ozgina vaqt kerak.

Xulosa qiliş esa özingizdan böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek