13-kun: Dam oliş joylari va sayrgohlar odobi
3-mart, seşanba (13-kun)
Iftorlik vaqti: 18:20 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
DAM OLIŞ JOYLARI VA SAYRGOHLAR ODOBI
Haromdan saqlaniş va közni tiyiş
Zotan, şariatda harom qilingan narsalarning barçasi hamma uçun öta zararli narsalardir. Mazkur zararli narsalardan muqim yaşaş joyida hazar qiliş qançalik ahamiyatli bölsa, öşa narsalardan safar joyida hazar qiliş ham bundan-da ahamiyatlidir. Çunki yaşaş joyida haromdan hazar qilişda oila aʼzolari va taniş-bilişlarning ham örni bor. Baʼzi odamlar «Oila aʼzolarim, taniş-bilişlarim körib qolsa, nima böladi», degan mulohaza bilan ham özini harom işlardan uzoq tutadi.
Xuddi mana şu saviyadagi kişilar safarga çiqib, oila aʼzolari, taniş-bilişlaridan uzoqlaşganida, mazkur harom işlardan özini saqlaşga eʼtibor bermay qöyişlari mumkin. Şuning uçun ham «Dam oliş joylari va sayrgohlar odoblari» bobida harom işlardan saqlaniş alohida, qayta-qayta taʼkidlanadi.
Pokizalikka eʼtibor beriş
Musulmon inson qaysi sohada bölmasin, qanday joyda bölmasin, poklikka alohida eʼtibor berişi lozim. Oramizda şunday kişilar borki, öz uylarida, iş joylarida bu taʼlimotlarga ixlos bilan amal qilişadi-yu, jamoatçilik joylarida, jumladan, dam oliş va sayrgohlarda bu narsaga beeʼtibor bölişadi. Qöllaridagi çiqindilarni duç kelgan tarafga taşlab, çiroyli joylarni bulğatişadi, ötirgan joylarini birpasda iflos qilişadi. Bunday maskanlardagi baʼzi dam oluvçilar qaytib ketişganidan söng, ortlaridan turli axlat-çiqindilar, ovqat qoldiqlari soçilib yotganini kuzatiş mumkin.
Aslida esa mazkur dam oliş joylari va sayrgohlar ham jamoatçilik joyi, ularning pokligiga esa barça barobar masʼuldir. Har kim özi dam olgan joyni va sayr qilgan yerini pokiza tutişi lozim.
Xizmat körsatiş tarmoqlariga yaxşi munosabatda böliş
Dam oliş va sayr qiliş joylarida köpçilikka qulaylik yaratiş va xizmat körsatiş tarmoqlari mavjud böladi. Misol uçun, tahoratxonalar, örindiqlar, soyabonlar, suv jumraklari, yoritiş asboblari va boşqalarning uzoq vaqt hamda iloji boriça köproq xizmat qilişi közlanadi. Ularni muhayyo qiliş uçun köplab mablağ va mehnat sarflanadi. Dam oluvçilarning har biri buni zinhor esdan çiqarmasligi va xizmat tarmoqlariga oid narsalarga zarar yetkazmasligi lozim.
Zotan, Islomda heç bir narsaga talofat yetkazişga ruxsat yöq. Balki har bir narsani avaylab-asraş kerak. Öşa narsalar öziniki böladimi, özganiki böladimi, farqi yöq. Dinimiz bizlarni buzişga emas, tuzatişga, isloh qilişga, xarob qilişga emas, obod qilişga buyurgan. Alloh taolo Qurʼoni karimda buzğunçilikni qattiq qoralagan.
Özgalarning zararli odat va tuşunçalaridan salbiy taʼsir olmaslik
Baʼzi holatlarda dam oliş va sayr qiliş davomida köpçilik bilan aloqada bölişga ham töğri keladi. Mana şunday holatlarda özgalarning kiyinişi, özini tutişi, odatlari va tuşunçalaridan salbiy taʼsir oladigan kişilar ham topilib qoladi. Albatta, bu kabi holatlardan ehtiyot böliş kerak. Balki bunday hollarda yaxşi va foydali örnak olişga harakat qiliş zarur.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 102 Telegram Stars

