1-mart, yakşanba (11-kun): Yiğin va majlislar odobi
1-mart, yakşanba (11-kun)
Iftorlik vaqti: 18:17 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
YIĞIN VA MAJLISLAR ODOBI
Yiğin va majlislar köpçilik yiğiladigan, odamlar bir-birlari bilan uçraşib, özaro suhbatlaşadigan tadbirlardir.
Majlis va yiğinlar odamlarning ijtimoiy hayotida muhim örin tutgani, ularning natijalari şaxslar va jamiyatlar hayotida öta ahamiyatli bölgani uçun Islomda ularni tartibga soliş, goʼzal tarzda ötkaziş borasida ajoyib hikmatli körsatmalar taqdim qilingan.
Majlisga yaxşi kiyimlarni kiyib, belgilangan vaqtda boriladi.
Çunki musulmon odamning kiyimi, vaʼdaga vafo qilib, majlisga ayni vaqtida borişi ham kişilar orasida husnga husn qöşib turadigan xoldek bölişi kerak.
Sahl ibn Hanzaliyadan rivoyat qilinadi:
«Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, sizlar birodarlaringizning huzuriga borursizlar. Bas, libosingizni tuzating, egar-yuklaringizni tuzating, odamlar içida xuddi xoldek böling», dedilar».
Ahmad, Abu Dovud, Tobaroniy va Hokim rivoyat qilganlar.
Xos majlislarga kelgan odam izn söraş qoidalariga amal qilib kiradi.
Misol uçun, birovning xonadonida xos odamlar uçun yiğin yoki majlis bölganda, albatta, u yerga izn söraş odoblariga amal qilgan holda kiriladi. Agar majlis umumiy bölib, taşqarida kutib oluvçilar bölsa, ular bilan körişişning özi va ular taklif qilgan joyga boriş bilangina kifoyalaniladi.
Majlis bölayotgan joyga yetib borganda va undan çiqib ketayotganda ham salom beriladi.
Kelganda berilgan salom ularning huzuriga salomatlik eʼlon qilib kiriş böladi. Bu esa, menda sizlarga yomonlik yöq, faqat salomat bölişinglar tarafdoriman, degan maʼnoni ifoda qiladi.
Ketayotganda berilgan salom esa özi ularning huzuridan ketsa ham, qolganlarga salomatlik tilab ketayotganini bildiradi.
Majlisga kirgan odam ötirganlarni ovora qilmay, töğri kelgan böş joyga ötiradi.
Hozirgi davrda baʼzi joylarda yiğin va majlis iştirokçilarining örinlari oldindan belgilanib, ismi yozilgan yoki raqam qöyilgan böladi. Şuningdek, taşkilotçilar kimning qayerga ötirişini aytib ham turişadi. Bunday paytlarda öşa tartibga rioya qilinadi.
Majlisga kirgan odam ikki kişining orasiga faqatgina ularning ruxsati bilan ötirişi mumkin.
Çunki mazkur ikki kişining özaro muhabbati, sirli gapi yoki özlarigagina taalluqli boşqa işlari bölişi mumkin. Keyin kelgan kişi ularning orasiga ötirişi bilan öşa narsalarni buzgan va ikki möminga ozor bergan böladi.
Majlis halqa şaklida bölsa, uning örtasiga ötiriş joiz emas.
Çunki halqaning örtasiga ötirgan odam bu boradagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning körsatmalariga xilof iş qilgan va odamlarni bir-biridan tösgan böladi.
Kim bölişidan qatʼi nazar, birovni turğizib, uning örniga ötirişdan çetlaniş zarur.
Majlisda ötirgan bir kişini turğizib, örniga boşqani ötirğiziş haromdir. Çunki bu işda avval kelgan kişini behurmat qiliş bor. Ammo kengayib, joy oçilsa, yaxşi böladi.
Majlisga yangi kelganlarga joy böşatib, kengayiş matlubdir.
Mömin-musulmonlar bir joyga töplanganda tor joyga siqilişmay, majlisni keng olib, bemalol ötirganlari afzal.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


