Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi Elçisi O.Malginov Taşqi işlar vazirligiga taklif etildi
Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi Elçisi O.Malginov Taşqi işlar vazirligiga taklif etildi
2023-yil 21-dekabr kuni Taşqi işlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi O.Malginov taklif etildi.
Uçraşuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida bölib ötgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning Özbekiston hududini Rossiyaga qöşib oliş zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda çuqur taşviş hissi bilan qabul qilingani qatʼiy tarzda yetkazildi.
Rossiya Federatsiyasi kabi döst mamlakat partiya rahbarlarining bunday öylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhiga mos kelmasligi maʼlum qilindi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda bölib, xalqlarimiz örtasida örnatilgan tarixiy döstona munosabatlarga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Öz navbatida, O.Malginov töliq masʼuliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining döst va mustaqil Özbekiston töğrisidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yöqligini taʼkidladi.
Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi vakili sifatida Elçi "Özbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida heç qaçon şubhaga olinmagan"ligini bildirdi.
O.Malginov, şuningdek, Rossiya Taşqi işlar vazirligi yaqin vaqt içida uşbu hodisa böyiça izoh berişni rejalaştirayotganini qayd etdi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi
👉 @xushnudbek 👈



