Diplomatiya

Rossiya TIV Şerzodxon Qudratxöjaning özbek tili haqidagi gapi uçun Özbekiston elçisini çaqirdi

Matn14-fevral, 2024, 21:321 daqiqa0 koʻrish

Bugun Rossiya Taşqi işlar vazirligi Şerzodxon Qudratxöjaning Özbekistonda yaşab turib, özbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uçun Özbekiston elçisini çaqiribdi.

Qiziq, elçimizni taklif qilişmabdi, balki çaqirişibdi. Butun boşli “Özbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elçisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar öşanda xijolat bölib, uzr ham söragandir.

Xullas, Rossiya TIV fikriça, Şerzodxon Qudratxöjaning keskin fikri ikki tomonlama döstona munosabatlariga teskari emiş va ruslar Özbekiston TIVdan şu holat böyiça izoh talab qilişibdi.

Iya, Özbekistonda yaşaydiganlardan özbek tilini hurmat qilişni söraş, qaçondan buyon Özbekiston-Rossiya aloqalariga zid bölib qoldi? Mantiq yöq.

Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning özi kabi javob berişi kerak: Şerzodxon Qudratxöjaning fikri özining şaxsiy pozitsiyasi bölib, söz va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toşkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.

Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga öxşagan potensial bosqinçi-okkupantlarning fikriga xuddi şunaqa javob berdiku.

Tağin, uzr sörab, şarmanda qilib ötirmanglarey, hurmatli masʼullar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek