S&P Özbekistonning suveren kredit reytingini BB+ darajasiga kötardi
S&P Özbekistonning suveren kredit reytingini BB+ darajasiga kötardi
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingini BB darajasidan BB+ darajasiga kötardi. Reyting prognozi “barqaror” deb belgilandi.
Agentlik bu qarorini Özbekistonning taşqi iqtisodiy pozitsiyasi va davlat moliyasidagi yaxşilanişlar bilan izohlagan. Xususan, iqtisodiy islohotlar, davlat korxonalari va energetika sohasidagi özgarişlar, oltin narxining yuqoriligi, turizm tuşumlari hamda xorijdan yuborilayotgan pul ötkazmalari mamlakatning moliyaviy holatini qöllab-quvvatlagan.
S&P prognoziga köra, Özbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 8 foizga ösadi, 2027–2029-yillarda esa örtaça 6,7 foizlik ösiş qayd etiladi. Şu bilan birga, agentlik mamlakatning oltin narxlariga yuqori darajada boğliqligi, eksport tarkibining torligi va taşqi iqtisodiy xatarlarga sezgirligini saqlanib qolayotgan omillar sifatida qayd etgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari bu Özbekiston tarixida erişilgan eng yuqori körsartkiç ekanligi, “investitsiyaviy” (BBB-) poğonasiga bir qadam qolganini taʼkidladi.
“Yurtimizga bölgan işonçni mustahkamlaş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş yölidagi qatʼiy harakatimizni davom ettiramiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈



