Muhim

Gazlaştirilmagan hududlarda noyabr oyi uçun elektr energiyasi bazaviy meʼyori 350 kVt·soatga oşirildi

Matn21-noyabr, 2026, 18:201 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 63,3 mingtahrirlangan

❗️Gazlaştirilmagan hududlarda noyabr oyi uçun elektr energiyasi bazaviy meʼyori 350 kVt·soatga oşirildi
 
Hukumat qarori bilan, isitiş mavsumida tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hamda gaz yetkazib beriş imkoniyati çeklangan hududlardagi aholi xonadonlari uçun elektr energiyasining oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga oşiriladi.
 
Yangi tartibga köra, belgilangan röyxatga kiritilgan xonadonlar isitiş mavsumida oyiga 350 kVt·soatgaça elektr energiyasidan 1 kVt·soat uçun 650 sömlik bazaviy tarif asosida foydalanadi.
 
Ayni paytda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan şakllantirilgan hududlar röyxati mahalliy hokimliklar tomonidan örganilib, tasdiqlanmoqda. Tasdiqlangan röyxatlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga taqdim etilib, tegişli maʼlumotlar billing tizimiga kiritilmoqda. Uşbu jarayonni 25-noyabrga qadar töliq yakunlaş belgilangan.
 
350 kVt·soatlik bazaviy meʼyordan foydalaniş uçun aholidan heç qanday ariza yoki qöşimça hujjat talab etilmaydi.

ℹ️ Bunda masalan, xonadon noyabr oyida 300 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilsa, avvalgi 200 kVt·soatlik meʼyor böyiça tölov 220 ming sömni taşkil etgan bölar edi. Yangi meʼyor asosida esa 195 ming söm hisoblanadi. Yaʼni xonadon 25 ming söm kam tölaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek701 ming obunaçi