«Şaffof» brendi ostidagi gaz töldiriş şoxobçalari masʼullariga sud hukmi öqildi
“Şaffof” brendi ostidagi gaz töldiriş şoxobçalari masʼullariga sud hukmi öqildi
“Şaffof” nomi ostida faoliyat yurituvçi gaz şoxobçalari masʼullari 2018-2023-yillar davomida 447,5 milliard sömlik soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölamaganlikda ayblandi. Ular bu muddat mobaynida 1 trillion 376,5 milliard sömlik savdo tuşumlarini yaşirib, savdo va xizmat körsatiş qoidalarini köp miqdorda buzgan. Bu haqda KunUz xabar bergan.
Iş doirasida 80 ga yaqin "metan zapravka”, 120 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari sotilib, sotuvdan tuşgan pullar yetkazilgan moddiy zararni qoplaş uçun yönaltirilişi belgilangan. Şuningdek, 4 ta uy, 30 ga yaqin “metan zapravka” hamda bitta “Cadillak escalade-4” avtomobili xatlanib, davlat egaligiga ötkazilgan.
Sud hukmiga köra, MÇJ taʼsisçilari Uluğbek va Oybek Toşmatov Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan aybdor deb topilib, 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Bundan taşqari, yana 10 kişiga nisbatan 3 yildan 5 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈

