Sinfdoşiga naşida yuborgani uçun 5 yilga qamalgan Sardor Rahmonqulov şartli hukm bilan ozodlikka çiqdi
Matn2-mart, 2023, 19:101 daqiqa0 koʻrish
3 yil oldin sinfdoşiga Telegram orqali diniy naşida yuborgani uçun 5 yilga qamalgan 21 yoşli Sardor Rahmonqulov bugun, 2-mart kuni şartli hukm bilan ozodlikka çiqdi.
Toşkent şahar sudi JIB sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining ajrimiga muvofiq, birinçi instansiyada tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi qöllanilgan holda şartliga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida ozod qilindi.
Şuningdek, Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlangani inobatga olinib, bu muddat asosiy jazodan çegirib taşlandi.
👉 @xushnudbek 👈


