Sunʼiy intellekt özbek tilini yaxşiroq tuşunişi uçun 5,6 mln hujjat Hugging Face platformasiga joylandi

Matn20-noyabr, 2026, 09:321 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 96,1 mingtahrirlangan

Sunʼiy intellekt özbek tilini yaxşiroq tuşunişi uçun 5,6 millionta hujjat Hugging Face platformasiga joylandi

Raqamli texnologiyalar vazirligi özbek tilidagi yirik oçiq matnli maʼlumotlar korpusini işlab çiqdi.

Unda 5,6 millionta hujjat va qariyb 6 milliard söz jamlangan bölib, maʼlumotlar lotin va kirill yozuvlarini qamrab oladi. Korpusga kitoblar, gazeta va arxiv materiallari, qonunlar, internet sahifalari hamda boşqa oçiq manbalardagi matnlar kiritilgan.

Bu korpus sunʼiy intellektga özbek tilini yaxşiroq örgatişga yordam beradi. Undan foydalanib, sunʼiy intellekt modellarini özbekça matnlarni tuşuniş, savollarga özbek tilida sifatli javob beriş, yaxşiroq matnlar yozişga örgatiş mumkin.

U oçiq foydalaniş uçun Hugging Face platformasida eʼlon qilindi.

ℹ️ Hugging Face — sunʼiy intellekt dasturlarini yaratiş, örgatiş va ulardan foydalaniş uçun xizmat qiladigan xalqaro internet platformasi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek723 ming obunaçi