Toşkentda BYD va Li 9 örtasidagi töqnaşuvga oid sud qarori bekor qilindi
❗️Toşkentda BYD va Li 9 örtasidagi töqnaşuvga oid sud qarori bekor qilindi
Mirzo Uluğbek tuman sudining Li 9 va BYD iştirokida sodir bölgan YTH yuzasidan çiqarilgan va köplab muhokamalarga sabab bölgan qarori apellyatsiya instansiyasida bekor qilindi.
Voqealar xronologiyasi quyidagiça:
➖ Hodisa 2025-yil 30-sentyabr kuni Toşkentning Mustaqillik şoh köçasida sodir bölgan;
➖ Sudga oid avtotexnika ekspertizasida “Li 9’ning öşa vaqtdagi tezligini aniqlaş imkoyati yöqligi, agar u 60 km/soat tezlikda harakatlangan taqdirda ham YTHning oldi olinişiga texnik imkoniyat mavjud bölmagani” körsatilgan;
➖ BYD “öz yönalişini Li 9 harakatlanayotgan tomonga xavfli tarzda özgartirgan”, deb topilib, uning haydovçisiga nisbatan maʼmuriy jazo qöllanilgan hamda yetkazilgan zarar undan undirilişi ham belgilangan;
➖ Bugun, 13-fevral kuni mazkur iş apellyatsiya instansiyasida körib çiqilib, birinçi instansiya sudining qarori bekor qilingan;
➖ Maʼmuriy huquqbuzarlikka doir iş böyiça dastlabki suriştiruv işlari töliq ötkazilmagan va ularni sud protsessida bartaraf etiş imkoniyati yöq, deb topildi hamda iş materiallari qöşimça suriştiruv harakatlari ötkaziş uçun tegişli organga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 21 Telegram Stars



