Özbekistonda 2026-yilning 9 oyida 18 mingdan ortiq şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi
❗️Özbekistonda 2026-yilning 9 oyida 18 mingdan ortiq şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi
Oliy sud maʼlumotiga köra, yanvar–sentabr oylarida jinoyat işlari böyiça sudlarda 78 ming 739 nafar şaxsga nisbatan 64 ming 902 ta jinoyat işi körib çiqilgan.
Asosiy raqamlar:
➖ 57 ming 376 nafar şaxs sudlangan. Şundan 18 ming 26 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 38 ming 737 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan;
➖ 385 nafar şaxs, jumladan, 161 nafar qatağon qurboni oqlanib, reabilitatsiya qilingan;
➖ 6 ming 377 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani sababli sud zalida qamoqdan ozod qilingan;
➖ 13 ming 938 nafar şaxsga nisbatan tergov organlari asossiz qöygan moddalar ayblovdan çiqarilgan yoki qayta malakalangan;
➖ 26 ming 794 nafar şaxs jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 8 ming 761 nafarining jazosi yengilroğiga almaştirilgan.
ℹ️ Körib çiqilgan jinoyat işlarining aksariyatini firibgarlik, öğrilik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş va giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar taşkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈

