Farğona va Toşkentda 18 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi
❗️Farğona va Toşkentda 18 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Farğona viloyati FVB maʼlumotiga köra, 25-oktyabr kuni Farğona tumanida bir oilaning 7 nafar aʼzosi, şu kuni Toşkent şahrida 6 kişi, 1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Boşqarma bu holatlarni xavfsizlik talablariga zid örnatilgan isitiş qozonlari bilan boğladi. Maʼlum qilinişiça, Germaniyada foydalanişdan çiqarilib, utilizatsiyaga topşirilgan Vaillant rusumidagi ikki konturli qozonlar Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan, qölbola usulda qayta jihozlanib, fuqarolarga yangi moslama sifatida sotilgan.
Bunday qozonlarga asl dudburon örniga yuqori haroratga çidamsiz polietilen quvurlar örnatilgan. Şuningdek, havo tortiş quvurlarini mato bilan berkitiş yoki tösib qöyiş gazning çala yonişiga va is gazi ajralib çiqişiga olib kelişi eslatildi.
❗️ FVB fuqarolarni bunday eski, qayta jihozlangan qozonlarni xarid qilmaslik va xonadonlarga örnatmaslikka çaqirdi. Har qanday isitiş moslamasini mutaxassis iştirokida, sifat sertifikati va xavfsizlik talablarini tekşirib örnatiş tavsiya etildi.
👉 @xushnudbek 👈
