Muhim

Toşkentda bayram munosabati bilan taşkil etilgan tekinga narsalar tarqatiş aksiyalari töxtatildi

Matn1-iyun, 2024, 15:111 daqiqa0 koʻrish

Toşkentda bayram munosabati bilan taşkil etilgan tekinga narsalar tarqatiş aksiyalari töxtatildi — Içki işlar vazirligi

Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan “Aşxobod” sayilgohida tekinga öyinçoqlar tarqatilişi haqida eʼlon qilinişi ortidan soat 12:00 larda boğ atrofida va uning içida tiqilinç vaziyat yuzaga kelgan. Şuningdek, sayilgoh yaqinidagi avtomobil yöllarida tirbandliklar kelib çiqqan.

Şu sababli Içki işlar vazirligi poytaxtda jamoat joylarida bayram munosabati bilan taşkil etilişi rejalaştirilgan bu kabi aksiyalar töxtatilganini maʼlum qildi.

Ayni paytda vaziyat töliq nazoratga olingani, tiqilinçlar va yöllardagi tirbandliklarni bartaraf etiş böyiça işlar amalga oşirilayotgani bildirildi. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar va tobi qoçganlar haqida maʼlumot kelib tuşmagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek