Toşkentliklar yana bir sölim boğdan ayrilişi mumkin edi
Toşkentliklar yana bir sölim boğdan ayrilişi mumkin edi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan köp yillik daraxtlarga ega boğ şahar hokimining qarori bilan tadbirkorga berib yuborilgani, u yerda savdo ofisi qurilişi kutilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Toşkent şahar hokimligi bunga tezkor ravişda munosabat bildirib, mazkur yaşil hudud jamoat boği sifatida saqlab qolinişi va uning örnida quriliş bölmasligini maʼlum qildi.
Şuningdek, munosabatda şahar hokimining mazkur hududni tadbirkorga ajratiş haqida 2019-yildagi qarori yer uçastkasidan ikki yil davomida foydalanilmaganligi uçun bir yil muqaddam öz kuçini yöqotgani aytiladi.
Ammo, qarorning öz kuçini yöqotganligi fakti qanday rasmiylaştirilgani hozirça maʼlum emas.
Toşkent şahar prokuraturasi nizoga sabab bölgan hokim qarorini haqiqiy emas, deb topişni sörab maʼmuriy sudga daʼvo ariza kiritgan.
Maʼlum bölişiça, tadbirkorlik subyektiga quriliş uçun berilgan 0,40 ga yer maydonida 875 ta daraxt va 250 ta butalar mavjud.
Yer beriş böyiça qaror daraxt va butalarni kesişga doir moratoriy talabiga zid ravişda qabul qilingan.
Yana bir jihat şuki, "yaşil hudud jamoat boği sifatida saqlab qolinişi" uçun hokimlikning munosabati yetarli bölmaydi. Buning albatta sud hujjati körinişidagi yuridik asosi bölişi şart.
👉 @xushnudbek 👈



