Fikr

Boğ — xalqniki bölişi kerak, boğlardan qölingizni torting, uyatsizlar!

Matn25-aprel, 2024, 18:012 daqiqa0 koʻrish

Boğ — xalqniki bölişi kerak, boğlardan qölingizni torting, uyatsizlar!

"Abdulla Qodiriy" hamda "Döstlik" (sobiq "Bobur") boği atrofidagi gap-sözlarni eşitgan bölsangiz kerak.

Toşkent şahridagi uşbu boğlarini xususiy investorga berişmoqçi ekan. Investor ham bir dunyo rejalarini tölqinlanib, aytib beribdi. Yaʼni boğ juda zör bölarmiş, hozir qarovsiz ekan.

Singapurda oçilgani aytilayotgan, lekin tagini yaxşilab suriştirsa, özimizning qoraközlar bölib çiqiş ehtimoli yuqori bölgan bu investor şunçaki bu xalqni sevgani, şu xalqdan özini qarzdor deb hisoblagani uçungina bu boğlarni özidan-özi, beminnat rekonstruksiya qilişiga sizlar işonasizlarmi? Men işonmayman, bunaqa ertaklarga işonmay qöyganman.

Juda köp davlat mulklari, köplab korxonalar atayin qarovsiz taşlab qöyilib, ahvoli rasvo bölgandan keyin xususiy qöllarga tekinga berib yuborilganini köp kördik. Mayli, dedik, qöl siltadik.

Lekin heç bölmasa, boğlarga tegmanglarey, baraka topgurlar. Şundoq ham ekologiyamiz ahvoli öta rasvo darajaga kelganda, şaharning öpkasi bölgan boğlar taqdirini xavf ostida qoldiriş jinoyat bilan teng.

‼️ Odamlarga tinç va sokin, heç qanday attraksionsiz, heç qanday şovqin-suronsiz, heç qanday dökonlaru, savdogarlarsiz boğlar kerak. Bunday boğlar bilan taʼminlaş davlatning MAJBURIYATI. Yanada aniqroq aytsak, şaharlarda bu MAJBURIYATNI şahar hokimligi taʼminlab berişi ŞART!

Toşkent şahar hokimligida insofli va xalq uçun haqiqatda qayğuradigan masʼullar bölsa, unda xususiy investorlarga uşbu boğlarni topşiriş fikridan qaytişi kerak.

Agar topşiriq "yuqoridan" berilgan bölsa, unda öşa "yuqoridagi" vallomatlar ham insofga kelişsin va bu qarordan qaytişsin, deb duodamiz.

Va öz navbatida insofli deputatlarimizdan ham iltimos qilamiz (aslida talab qilişimiz kerak), katta-kiçikligidan qatʼi nazar, mamlakatdagi barça boğlarga UMUMMILLIY BOYLIK, umumxalq mulki maqomini beriş va ularni har qanday tajovuzdan, har qanday tadbirkor hamlasidan asrovçi qonun taşabbusini bildirişsin. Uyğoq deputatlarimiz sanoqli bölsa ham bor-ku, xalq uçun foydali harakatni boşlaşsin. Bu qonun nafaqat bugun uçun, balki millat kelajagi uçun ham juda muhim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek