Toşkent şahar onkologiya markazi hududida oçiq yaşil boğ barpo etiladi
🌳 Toşkent şahar onkologiya markazi hududida oçiq yaşil boğ barpo etiladi
“Yaşil şahar” konsepsiyasi doirasida markazning 4,36 gektarlik hududini oçiq yaşil jamoat makoniga aylantiriş rejalaştirilmoqda.
Binolar böşatilgaç, hududning asosiy qismi yaşil boğ sifatida obodonlaştiriladi. Mavjud binolar esa buzilmaydi — ular rekonstruksiya qilinib, öquv va ijodiy markazlar, kutubxona, kovorking, simulyatsiya ustaxonalari hamda startap-studiyalar sifatida foydalaniladi.
Loyihaning uşbu qismi yoşlar şaharçasi sifatida şakllantiriladi. Muhimi, bu markazlar boğ hududini egallamaydi va yaşil maydonni qisqartirmaydi.
Loyihada alohida biznes-ofislar yoki boşqa tijorat obyektlarini quriş közda tutilmagan. Hududning asosiy qismi oçiq yaşil boğ, mavjud binolar esa taʼlim, ijodiy va ijtimoiy faoliyat uçun möljallangan maydonlarga aylantiriladi.
👉 @xushnudbek 👈



