Tushuntirish

Uyini sotiş uçun internetda eʼlon beriş taqiqlanmaydi

Matn27-dekabr, 2023, 14:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXabar

Uyini sotiş uçun internetda eʼlon beriş taqiqlanmaydi

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi muhokamalarga sabab bölgan qonun loyihasi haqida tuşuntiriş berdi.

Qisqaça mazmuni şuki, qonundagi mazkur norma faqat rieltor yoki agent bilan şartnoma asosida işlayotgan jismoniy va yuridik şaxslarga taalluqli böladi. Özlari mustaqil tarzda köçmas mulkini sotmoqçi bölganlarga uşbu qonun tatbiq etilmaydi. Yaʼni “Uyimni sotaman” deb mustaqil ravişda eʼlon beriş çeklanmaydi.

Agentlikning taʼkidlaşiça, muhokamalarga sabab bölgan uşbu modda qayta işlanadi va undagi tuşunmovçiliklar bartaraf etilib, köçmas mulk egalari manfaatlari va qonunçilik texnikasiga muvofiqlaştiriladi.

Rieltorlik faoliyatini tartibga soliş va uşbu bozorni firibgarlardan tozalaşga harakat qiliş töğri qaror. Allaqaçon şunaqa qiliş kerak edi özi. Faqat yaxşi niyat bilan boşlangan işlar kutilmaganda odamlar zarariga işlamasa kifoya. Umid qilamizki, bunaqa bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek