Tushuntirish

Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?

Foto23-avgust, 2023, 11:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent

✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz öqişga kira olmagan bölsangiz, demak töplagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uçun maxsus 2 mingta qöşimça davlat granti uçun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).

Va bu 2 mingta örin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (https://t.me/xushnudbek/20089).

‼️Birinçidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) heç qanaqa ball qöşib bermaydi‼️

Köpçilik 4% ball qöşilişi kerak edi, nega şu qöşilmayapti, deb xato tuşungan. Kutib ötirmang, sizga heç qanaqa ball qöşilmaydi.

Ikkinçidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% öqişga kiradi, degani emas. Buning uçun yetarli ball ham oliş kerak edi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/20045).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2023-yilgi ötiş bali yuqoridagi suratda körsatilgan. Mana şu balldan kam olganlarga imtiyoz qöllanmagan.

1️⃣ Izoh-1: bu yerda siz topşirgan yönaliş qaysi fanlar guruhiga kirişi ham muhim. Afsuski sohalarga taqsimlaniş tufayli baʼzi hududlarda 68 ball bilan ham grantga kirişgan, 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦‍♂️

2️⃣ Izoh-2: qizil rangda belgilangan ötiş ballarida “nedobor” bölgan. Yaʼni garçi köproq kvota ajratilgan bölsa ham, lekin 68 balldan kam töplaganlar hisobiga jami 86 ta kvota tölmay qolgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek