Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasi viza oliş uçun onlayn navbatga yoziliş tizimini vaqtinça töxtatdi
🇯🇵🇺🇿 Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasi viza oliş uçun onlayn navbatga yoziliş tizimini vaqtinça töxtatdi
Elçixona bunga bir neça marta tizimga noqonuniy kiriş holatlari aniqlanganini sabab qilib körsatgan va zarurat bölmasa, tizimga kirmaslikni söragan.
Tizimning xavfsiz işlaşi uçun şaroit yaratilgaç, qabul uçun böş joylar vaqti-vaqti bilan oçib borilişi rejalaştirilgan.
Hozirça elektron poçta orqali qabulga yoziliş imkoniyati faqat quyidagi şaxslarga taqdim etiladi:
➖ Yaşaş holati töğrisidagi sertifikat (COE) berilgan şaxslarga;
➖ Özbekiston Taşqi işlar vazirligi tomonidan berilgan verbal notaga ega şaxslarga.
Ular tegişli hujjatlarni ilova qilgan holda visa@ts.mofa.go.jp manziliga murojaat qilişi mumkin. Şundan söng elçixona hujjat topşiriş sanasini xabar qiladi.
Onlayn navbatga yoziliş imkoni yöqligi yuzasidan telefon va elektron poçta orqali murojaatlar qabul qilinmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



