Yöllar piyodalar uçun

Foto25-mart, 2025, 17:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yöllar piyodalar uçun. Parij aholisi yana bir inqilobiy qadam uçun ovoz berdi

Fransiya poytaxti Parij aholisi 23-mart, yakşanba kuni şahardagi 500 ta köçani piyodalar uçun moslaştiriş va 10 mingta avtomobil töxtaş joyini tugatiş uçun referendumda ovoz beribdi.

Uşbu taşabbusni referendumda iştirok etgan parijliklarning uçdan ikki qismi qöllab-quvvatlagan. Şu tariqa Parijda şaharni piyodalar uçun yanada qulay qiliş böyiça Ann Idalgo merligi davridagi yana bir jiddiy özgarişga qöl urilmoqda.

"Avtomobillarga qarşi uruş oçgan" Idalgo xonim davrida bu borada bir qator işlar amalga oşirilgan. Jumladan:

🔹 şaharning markaziy qismlarida transport qatnovi 60 foizga kamaytirilgan;

🔹 Parijda 6 mingdan ortiq yöllarning 220 ga yaqini allaqaçon avtomobillar uçun yopilgan;

🔹 ayrim markaziy köçalarda soatiga 30 kilometrlik (!) tezlik çeklovi joriy etilgan;

🔹 Sena daryosi böyidagi yöl 3,3 km uzunlikda butunlay avtomobillar uçun yopilib, uşbu hudud piyodalar va velosipedçilar uçun dam oliş maskaniga aylantirilgan;

🔹 2015-yildan buyon şaharda 1000 kilometrdan ortiq velosiped yölaklari qurilgan;

🔹 2020-yilga qadar 140 mingta avtoturargohdan 60 mingdan ortiği, yaʼni taxminan 43 foizi tugatilgan. Kelajakda buni 70 foizgaça qisqartiriş rejalaştirilgan;

🔹 şaharda 30 gektardan ortiq maydon yangi yaşil hududlarga aylantirildi, 2026-yilgaça şaharning har bir köçasida kamida 1 tadan yaşil maydon taşkil etiş rejalaştirilgan;

🔹 Parijda havo sifati sezilarli yaxşilandi — azot dioksid (NO₂) miqdori 2014-yildan buyon 40 foizga kamaydi;

🔹 2023-yilda Parijda piyodalarga qulaylik yaratiş uçun elektr skuterlarni ijaraga beriş butunlay taqiqlandi;

🔹 şuningdek, Parijda "15 daqiqalik şahar" konsepsiyasi faol yölga qöyilmoqda. Unga köra, odamlar şaharning istalgan qismidan piyoda yoki velosipedda yurgan holda işga, öqişga, şifoxona yoki boşqa kerakli manzilga 15 daqiqa içida yetib olişi mumkin böladi.

Qiziq, bizda şunaqa qiliş uçun yana neça yil kutiş kerak?

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek