ReklamaTushuntirish

Yulduz Usmonova fondiga pul tiking degan reklamalarga işonmang

Foto10-sentabr, 2026, 18:173 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanallarida avtomatik çiqayotgan soxta kredit reklamalari va MuxlisaKredit boti firibgarlik ekanidan ogohlantirdi.

❗️Yulduz Usmonova fondiga pul tiking degan reklamalarga işonmang
#firibgar

Şu kunlarda Telegramda Yulduz Usmonova fondiga pul tikib, 400 ming sömni 12 million sömga aylantiriş mumkin degan reklamalar uçramoqda. Bu gaplarga işonmang, bu firibgarlarning reklamasi.

Eng yomoni, yuqoridagi skrinşotda mening kanalimda ham firibgarlarning Yulduz Usmonova fondi haqidagi reklamasi çiqqani körinib turibdi. Baʼzilar “Xuşnudbek kanalida çiqdiku, demak, işonçli” degan xulosa bilan uşbu firibgarlarga aldanib qolişi ham mumkin.

❗️YANA BIR BOR TAKRORLAYMAN: Bunday reklamalarning menga yoki Telegram kanalimga mutlaqo aloqasi yöq. Bunday reklamalar Telegram platformasining özi tomonidan, kanal egasi bilan kelişmagan holda, avtomatik ravişda çiqariladi.

❓Xöş, kanal admini öz xohişi bilan joylagan reklama va Telegram majburiy körsatayotgan reklamani vizual jihatdan qanday farqlasa böladi?

1️⃣ “Yopiş” va sozlamalar tugmasi

Telegramning rasmiy reklamasida doim öng burçakda “x” belgisi va/yoki uç nuqta böladi. Bu orqali reklamani yaşiriş yoki şikoyat qiliş mumkin. “X” tugmasi bosilganda Telegram Premium sotib olişni taklif qiladi. Kanal admini joylagan oddiy postda bunday alohida ajralib turuvçi belgi bölmaydi.

2️⃣ Ulaşiş (forward) tugmasi

Bu eng asosiy farqlardan biri.

🔴 Admin joylagan post tagida boşqalarga ulaşiş (forward) tugmasi albatta böladi.

🔵 Telegram reklamasida ulaşiş tugmasi bölmaydi va uni heç kimga yubora olmaysiz.

3️⃣ Körişlar soni va post çiqarilgan vaqt

Bu ham eng asosiy farqlardan biri!

🔴 Admin joylagan post ostida uning qaçon joylangani (soati) va qança odam körgani (köz belgisi 👁) turadi.

🔵 Telegram reklamasida: Post ostida heç qanday vaqt va körişlar soni bölmaydi. U şunçaki matn yoki rasm holida turadi.

4️⃣ “Reklama” belgisi

Telegram reklamalarida har doim matnning tepa qismida yoki burçagida “Reklama” (yoki ingliz tilida “Sponsored” yoki “Ad”) degan kiçik yozuv va “Bu nima?” ("What is this?") sörovi turadi. Admin postlarida esa bunday tizim yozuvi bölmaydi (admin özi post oxiriga “reklama” yozuvini qöyişi mumkin).

5️⃣ Joylaşuv örni

Telegramning reklamasi kanaldagi barça xabarlardan söng, eng pastda — “oxirgi xabar” sifatida körinadi. Telegramni yopib, yana qayta kanalga kirsangiz avvalgi reklama körinmay, yöqolib qoladi yoki örniga boşqa reklama çiqadi. Şu orqali ham kanaldagi reklamani Telegramning özi joylaganmi yoki kanal adminimi, aniqlab olsangiz böladi.

❗️Qisqa xulosa: Agar postning tagida eʼlon qilingan vaqti va “köz” belgisi (körişlar soni) yöq bölsa, postni boşqalarga ulaşiş imkoni bölmasa, tepasida “Sponsored/Reklama” deb yozilgan bölsa — bu kanal admini tomonidan emas, balki Telegram tomonidan qöyilgan reklamadir.

Iltimos, ogoh böling va firibgarlarga aldanib qolmang.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek