1-aprel, duşanba (22-kun): Qöşnilarga hadya beriş odobi
1-aprel, duşanba (22-kun)
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toşkent vaqti)
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Ey Allohning Rasuli, mening ikkita qöşnim bor, ulardan qaysi biriga hadya beray?” dedim.
“Senga eşigi yaqinroğiga”, dedilar.
📖 Şarh: Demak, qöni-qöşniga yaxşilik qilişda, hadya berişda eşigi yaqinroq bölgan qöşnidan boşlaş kerak ekan. Agar bir qöşnini taşlab, undan keyingisiga hadya berilsa, örtadagi qöşnining köngliga "Meni yomon körsa kerak, bölmasa yon qöşni bölib turib şunaqa qiladimi?" degan şubha tuşadi.
Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Muomala madaniyatiga oid tafsilotlarni biladiganlardan sörab, örganiş lozimligi.
2. Qöşnilarga hadya beriş yaxşi iş ekani.
3. Qöşnilarga hadya berişni eşigi yaqinidan boşlaş kerakligi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈

