23-mart, şanba (13-kun): Hazil-mutoyiba odobi haqida hadislar
23-mart, şanba (13-kun)
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toşkent vaqti)
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
"Ey Allohning Rasuli! Siz biz bilan hazil-mutoyiba qilasiz", deyişdi.
"Men haqdan boşqani gapirmayman", dedilar".
📖 Şarh: Yaʼni "Töğri, hazil-mutoyiba qilaman, biroq ana şu hazilim ham faqat haq böladi. Nohaq gapni gapirmayman", degan ekanlar.
Demak, hazil-mutoyiba, hazil gaplar şariatimizda bor ekan. Biroq kuldiraman deb, hazil ekan deb, yolğon, nohaq, bölmağur gaplarni gapirib bölmaydi.
Musulmonçilikdagi hazil ham haqiqatga asoslangan bölişi kerak.
Şu mavzuda yana bir hadis:
Bakr ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bir-birlariga qovun pöçoğini otib, hazillaşişardi. Biroq, haq gap kelganda, ular haqiqiy erkak kişiga aylanişardi".
📖 Şarh: Demak, sahobalar ham bir-birlari bilan nimalarnidir otib, hazillaşişgan ekan.
Biroq haq gap kelganda, hammasi öz örnida bölar, ular haqiqiy erkak kişi sifatida iş tutişar ekan.
Vaqti kelganda hazil-mutoyiba qiliş joiz, biroq butun umrni hazilga aylantirib yuboriş mumkin emas.
Köngil tusaganda meʼyorida biroz hazil qilinsa ham, qolgan paytlarda jiddiylik bilan, salobat bilan, obröni yöqotmasdan muomala qilinişi kerak ekan.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈

