Rasman

1-iyundan çiziq bosgan haydovçilarga fotoradarlar orqali jarima qöllanmaydigan böldi

Matn16-may, 2025, 16:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

1-iyundan çiziq bosgan haydovçilarga fotoradarlar orqali jarima qöllanmaydigan böldi

Prezident topşiriğiga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yöllarida harakatlaniş tartibini yanada takomillaştiriş, haydovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etişga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boşlab yöl çiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etiş holatlarini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etişga yöl qöyilmaydi. Töxtaş çiziği – "stop-liniya" (5.33 yöl belgisi) bundan mustasno.

Yaʼni, haydovçi çiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravişda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik örnatilgan tartibda rasmiylaştiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek