Ramazon

24-mart, yakşanba (14-kun): Allohga duodan köra mukarramroq narsa yöq

Matn24-mart, 2024, 17:571 daqiqa0 koʻrish

24-mart, yakşanba (14-kun)
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga duodan köra mukarramroq, narsa yöq», dedilar».

📖 Şarh: Robbul olaminning huzurida eng ikrom qilingan narsa duodir. Şuning uçun banda köp duo qilişi lozim.

Bu hadisdan duo barça zikr va toatlardan afzal ekani anglanadi. Duo Alloh taolo huzurida mukarram, darajasi yuqori, qadri uluğ narsa hisoblanadi. Bas, uni qabul va ijobat qilişi ham şunga qarab böladi.

Ibodatdan közlangan asosiy maqsad Alloh taoloning roziligini topiş, ğazabidan saqlaniş bilan birga, rizq va şifo söraş kabi dunyoviy ğarazlarga ham erişişdir. Ibodatning mana şu jihatlarini «duo» deyiş mumkin.

Mavzuga oid boşqa bir hadis:

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Eng şarafli ibodat duodir», dedilar».

📖 Şarh: Bu hadisi şarif avvalgi hadisga qilgan şarhimizning xulosasidir, desak, mubolağa qilmagan bölamiz. Zotan, duoda bandaning xokisorligi butuniça zohir böladi. Uning Robbiga yolvorişi tölaligiça namoyon böladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek