Ramazon

26-fevral, payşanba (8-kun): Ovqatlaniş odoblari

Matn26-fevral, 2026, 04:453 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

26-fevral, payşanba (8-kun)
Saharlik vaqti: 05:44
Iftorlik vaqti: 18:14 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

OVQATLANIŞ ODOBLARI

Islomda insonning faqat ruhiga emas, balki jismiga ham öziga yaraşa alohida ahamiyat berilgan. Inson jismiga berilgan bu ahamiyatni Islom unga öz hayotini saqlaş va özidan halokatni daf qiliş uçun zarur bölgan taom va şarobni isteʼmol qilişni vojibga aylantirganida köramiz. Zarur bölgan miqdordagi taom va şarobni isrof darajasiga yetkazmay tanovul qiliş muboh sanaladi. Isrofgarçilik bilan isteʼmol qilingan taom va şarob jism uçun zararli va xatarli bölgani uçun taomning keragidan ortiqçasi haromdir.

Inson tanovul qiladigan taomlar öz asliga qarab ikkiga: nabotot va hayvonot taomlariga bölinadi.

Nabototdan bölgan taomlar najas, zararli va mast qiluvçi bölmasa, barçasi haloldir. Nabototlardan turli meva va don mahsulotlariga öxşaş zarar yetkazmaydigan narsalar halol qilingan.

Najas taom yoki najas aralaşgan taom harom böladi. «Najas» deganda iflos narsa tuşuniladi. Misol uçun, çöçqa goʼşti va yoği, ölimtik kabi narsalar najasdir.

Siçqon tuşib qolgan suyuq yoğ ham najas aralaşgani uçun, haromga aylanadi. Payğambarimiz alayhissalom bu holatda yoğni tökib taşlaşga amr qilganlar. Agar siçqon tuşişi bilan yoğ harom bölmasa, uni tökib taşlaşga amr qilmas edilar.

Mast qiluvçi narsalarning haromligi hammaga maʼlum, buni takrorlab ötirişning hojati yöq. Şuningdek, zahar, mişiq, maniy, tuproq, toş kabi yesa, insonga zarar yetkazadigan narsalar ham şariatimizda harom qilingan.

Hayvonlar uç qismga taqsimlanadi: suv hayvonlari, quruqlik hayvonlari va suv hamda quruqlikda yaşovçi hayvonlar. Suv hayvonlarining barçasi jumhur ulamo nazdida haloldir. Hanafiyalar esa suv hayvonlaridan faqat baliq halol, deyişgan.

Quruqlik hayvonlariga kelganda ulardan özi ölib qolgani, oqqan qon, çöçqa goʼşti va Allohning nomi aytib söyilmaganini yeb bölmaydi, bularning barçasi haromdir.

Böğilib ölgan, suzilib ölgan, urib öldirilgan, yuqoridan yiqilib ölgan, yirtqiç hayvon yorib ketgan hayvonlarni joni bor vaqtida söyib olsa, halol böladi, agar söyişga ulgurilmasa, haromdir.

Quş va hayvonlardan böri, şer, yölbars, burgut, loçin, qirğiy kabi yirtqiçlar haromdir. Uy hayvonlaridan it, eşak va xaçirlar ham harom sanaladi.

Yer yuzida yuradigan çayon, ilon, siçqon, çumoli, suvarak, örgimçak, ari kabi haşarotlarni yeyiş haromdir.

Halol va harom hayvonning qöşilişidan tuğilgan hayvonlar ham harom hisoblanadi. Misol uçun, ot va eşakning qöşilişidan tuğilgan xaçir haromdir. Şofeʼiy, hanbaliy va hanafiyardan ikki imomning nazdida ot haloldir.

Hanafiyalar nazdida zobb, çiyaböri, tulki kabi hayvonlar ham haromdir.
Jumhur ulamo çorva hayvonlaridan tuya, sigir, qöy, eçkilar halolligini aytişgan. Şuningdek, qötos, jirafa, zebralar ham haloldir.

Yirtqiç bölmagan kabutar, musiça, çumçuq, bedana, ördak, ğoz, tovuq, tuyaquş, bulbul kabi quşlar halol sanaladi, şuningdek, yirtqiç bölmagan kiyik, toğ eçkisi, buğu, quyon kabi yovvoyi hayvonlar ham halol.

Mevalarga, donlarga, taomga va sirkaga tuşgan qurtlar ham haloldir. Qurt tuşgan yegulikni yemasdan taşlab yuborilmaydi.

Ham quruqlikda, ham suvda yaşaydigan timsoh va baqaga öxşaş hayvonlar harom. Bir söz bilan Qurʼon va Sunnatda haromligi bayon qilingan hayvonlarning barçasi harom.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek