Ramazon

4-aprel, payşanba (25-kun): Inson baxti uçun zarur bölgan uç neʼmat

Matn4-aprel, 2024, 18:041 daqiqa0 koʻrish

4-aprel, payşanba (25-kun)
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Salama ibn Ubaydulloh ibn Mihson Ansoriy otasidan rivoyat qiladi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Kim öz oilasida omonlikda, tani sihatlikda, kunlik taomi bölgan holda tong ottirsa, xuddi unga butun dunyo jamlangandek böladi", dedilar.

📖 Şarh: Demak, Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam uçta muhim narsani aytib ötibdilar:

biri - omonlik, tinçlik, ikkinçisi - soğ-salomatlik, uçinçisi - yetarli taom.

Bu dunyoda insonning eng yaxşi holati mana şu uç narsaga ega bölgan holati ekan. Şunga erişgan odam "ahvolim nihoyatda yaxşi" deb şukr qilib yursa böladi.

Kişining uyiga, oilasi, bola-çaqasiga birov xavf solib turmasa, tinç-xotirjam, soğ-salomat yaşasa, dardi yöq bölsa, yeydigan taomi bölsa, bunday odam nihoyatda uluğ bir baxt-saodatga erişgan bölar ekan. Biz bu haqiqatni juda çuqur tuşunib yetişimiz kerak. Mazkur holatning özimizda bölişi Alloh taoloning ulkan neʼmati ekanini anglab yetişimiz va Unga şukrni örniga qöyişimiz lozim. Agar bunday qilmasak, noşukr bölamiz.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek