Biznesni röyxatga olişda tadbirkorning amalda işlayotgan manzili hisobga olinadi
🔍 Biznesni röyxatga olişda tadbirkorning amalda işlayotgan manzili hisobga olinadi
Prezident farmoniga muvofiq, 15-oktyabrdan 30-noyabrgaça respublika böylab biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkazilmoqda.
Masalan, tadbirkor bir tumanda röyxatdan ötib, boşqa tumanda dökon yoki ustaxona oçgan bölsa, uning haqiqiy faoliyat manzili qayd etiladi. Rasmiy röyxatdan ötmasdan işlayotgan iqtisodiy birliklar ham qamrab olinadi.
Asosiy tadbir tugagaç, 10 kun davomida mahalla va bozorlarda yuzma-yuz sörovdan ötgan iqtisodiy birliklarning 5 foizigaça qismi tanlanma asosida qayta tekşiriladi. Röyxatga oluvçilarning işi esa geolokatsiya orqali nazorat qilinmoqda.
Röyxatdan onlayn ötiş ham mumkin:
➖ yuridik şaxslar — hisobot.stat.uz orqali;
➖ özini özi band qilganlar — census.stat.uz orqali.
🗓 Dastlabki natijalar 2027-yil 1-iyungaça tayyorlanadi, yakuniy natijalar esa 1-sentyabrgaça eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
