«Bunaqa raqamlarni Özbekistonda ham körmasdik» — Prezident
Video3-noyabr, 2026, 18:152 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 16,9 mingSaytdagi körişlar: 1
“Bunaqa raqamlarni Özbekistonda ham körmasdik” — Prezident
Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida umumiy qiymati 7,8 mlrd dollar bölgan 145 ta loyihani işga tuşiriş va qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi.
Davlat rahbari sönggi töqqiz yilda viloyatga 9,5 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinib, 6 mingdan ortiq yangi işlab çiqariş quvvati va 120 mingta doimiy iş örni yaratilganini qayd etdi.
“Bu raqamlarning qadriga kim yetsa-yetmasa, men yetaman. Nimaga desangiz, men ham hokim bölganman, men ham boş vazir bölganman. Bir yil emas, ikki yil emas — 14 yil. Lekin bunaqa raqamlarni Özbekistonda ham körmasdik”, — dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈


