Buxoro NQIZda Yevro-5 ekologik standartidagi benzin işlab çiqariş yölga qöyiladi

Albom13-noyabr, 2026, 10:492 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 99,9 ming

⛽️ Buxoro NQIZda Yevro-5 ekologik standartidagi benzin işlab çiqariş yölga qöyiladi

Şavkat Mirziyoyev keça, 12-noyabr kuni bu böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Unga köra, loyiha qiymati 328 mln dollar bölib, uning doirasida yiliga 1,1 mln tonna AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi.

🗓️ Rejaga köra, loyihani 2029-yilning ikkinçi çoragida işga tuşiriş möljallangan.

***

Şuningdek, 1,8 mlrd dollarlik loyiha asosida zavodning işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş rejalaştirilgan.

Natijada zavodda işlab çiqariladigan neft mahsulotlarining umumiy yillik hajmini hozirgi 2,1 mln tonnadan 4,6 mln tonnaga yetkaziş imkoniyati paydo böladi. Jumladan, avtobenzin işlab çiqariş 2,7 mln tonnaga, dizel yonilğisi 1,24 mln tonnaga, aviakerosin 500 ming tonnaga yetkazilişi közda tutilgan.

🗓️ Quriliş işlari 2028-yilda boşlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek751 ming obunaçi