«Yangi Buxoro» aeroporti tenderida Turkiya va Qatar kompaniyalari ğolib böldi

Matn12-noyabr, 2026, 21:001 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 47,6 ming

🛫 “Yangi Buxoro” aeroporti tenderida Turkiya va Qatar kompaniyalari ğolib böldi

Yangi aeroportni quriş va boşqariş böyiça xalqaro tenderda 🇹🇷 Turkiyaning Limak İnşaat Sanayi ve Ticaret A.Ş. va 🇶🇦 Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company W.L.L. kompaniyalari konsorsiumi ğolib deb topildi.

Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi.

➖ Xususiy şerik soatiga 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatadigan terminal, avtoturargoh va tegişli infratuzilmani qurib, boşqaradi;

➖ Davlat şerigi uçiş-qöniş yölagi va perronni quriş hamda boşqariş uçun javobgar böladi.

Keyingi bosqiçda umumiy muddati 23 yil, şu jumladan, 3 yilgaça quriliş davrini öz içiga olgan DXŞ töğrisidagi bitim tuzilişi közda tutilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek752 ming obunaçi