«Lox»ga aylanmang! Heç qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yöq!
“Lox”ga aylanmang! Heç qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yöq!
#firibgar
Arzon telefon, televizor yoki boşqa mahsulotlar sotamiz, deb odamlarni köp aldaşmoqda. Telegramda "musodara qilingan tovarlar" degan firibgarlar guruhlari tiqilib ketgan.
Bu qanday böladi?
1️⃣ iPhone, Samsung telefonlarini arzonga sotamiz, çunki bular bojxonada musodara qilingan yoki bankrot bölgan firmalardan olingan deyişadi va bozordan ança arzon narx aytişadi;
2️⃣ Siz dastlab işonmaysiz, ammo ular pulini telefon qölingizga borgaç berasiz, ungaça 1 söm ham kerakmas deydi. Oh, qanday insofli odamlar ekan-a!
3️⃣ Bunaqa guruhlarda murojaat qiliş uçun bironta kontakt yöq. Na ularning ofisi bor, na telefon raqami, na Telegram profili. Mana şuning özi ham sizlarni nahotki şubhalantirmasa?
4️⃣ Biron mahsulotga buyurtma beriş uçun guruhga odam qöşiş kerak böladi. 20, 30, 50 kişi va hk. Siz esa arzon mahsulot ilinjida döstlaringiz va qarindoşlaringizdan sörab ötirmasdan, paqillatib guruhga odam qöşib taşlaysiz.
‼️ TANIŞLARNI BUNAQA GURUHLARGA BERUXSAT QÖŞIŞ BEFAROSATLIK VA BEZBETLIK!!! ILTIMOS, FAROSATNI IŞLATING!
5️⃣ Guruhga qança odam qöşsangiz ham befoyda, sizga baribir heç narsa kelmaydi. Çunki musodara qilingan arzon tovar degan narsaning özi yöq, şuni esdan çiqarmang.
⚠️ Firibgarlarning asosiy maqsadi guruhlarga 100 minglab odam töplab, keyin ularni sotiş. Guruh sotilgaç, uning nomi özgartiriladi, undagi barça xabarlar öçirib taşlanadi.
🤦♂️ Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga öç bölavermanglar. Sizni “lox” qilişlariga yöl qöymang. Döstlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.
"Musodara qilingan arzon tovar" degan yozuvni kördingizmi, tamom, öşa joydan uzoqroq yuring. Kallani işlating.
👉 @xushnudbek 👈


