Endi natijalarga töxtalsak

Video12-yanvar, 2023, 20:554 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzTelegramdagi @xushnudbek kanalida ötkazilgan alifboga oid «referendum» yakunlari va ovoz beriş jarayoni haqida maʼlumot berildi.

Endi natijalarga töxtalsak.

Sörovni eʼlon qilişdan oldin 2 ta asosiy talabimiz bor edi.

Birinçi talab — sörovda kanaldagi jami obunaçilarning kamida 33%i iştirok etsa, natija qonuniy deb hisoblanadi. Yakuniy natijalarga köra, jami 182 ming 46 nafar kişi yoki obunaçilarning 37,5%i ovoz berdi. Demak uşbu sörov ötgan deb hisoblanadi.

Ikkinçi talab — ğolib böliş uçun birorta variant ovoz berişda iştirok etganlarning yarmidan köpining ovozini, yaʼni 50 foizdan ortiq ovozni olişi kerak edi.

Natijalar quyidagiça böldi:

"Menga farqi yöq" — 39 ming 709 ta (21,8%) ovoz;

"Kirill" — 45 ming 217 ta (24,8%) ovoz;

"Lotin" — 97 ming 120 ta (53,4%) ovoz.

🎉 Uşbu maʼlumotlarga tayanib, “Lotin” varianti obunaçilarning eng köp – 53,4 foiz ovozini olib, işonçli ğalaba qozonganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.

❗️Demak, köpçilikning xohiş-irodasini inobatga olib, bundan buyon kanalimizdagi postlar özbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosida yozilişini baralla taʼkidlaymiz.

Albatta, balki bu ayrim (ayniqsa yoşi katta) obunaçilar uçun noqulaylik tuğdirişi mumkin. Ammo salkam 30 yildan buyon na uyoqli, na buyoqli bölib, arosatda yurgan alifbo masalasiga nuqta qöyiş payti keldi. Bunga jamoatçilik ham yordam berişi, faollar qöllab-quvvatlaşi kerak, deb hisoblayman.

P.S.: Lekin şu örinda alohida taʼkidlamoqçimanki, lotinda qiynalmay yoziş va öqiş uçun albatta alifbo islohotini qilişimiz va bunga qatʼiyat hamda jurʼat topişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek