Muhim

Farğonada boğça bolalari zaharlanişi işi: korxona rahbari va texnologi ozodlikdan mahrum qilindi

Matn9-noyabr, 2026, 11:401 daqiqa0 köriş

❗️Farğonada boğça bolalari zaharlanişi işi: oziq-ovqat yetkazgan korxona rahbari va texnologi ozodlikdan mahrum qilindi

Farğona viloyatida 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq jinoyat işi viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatining kassatsiya instansiyasida körib çiqildi.

Maʼlum qilinişiça, Furqat tuman sudi 21-sentyabrda çiqargan hukmning “Garden Catering Trade” MÇJ rahbari va texnologiga oid qismi bekor qilingan. Öşanda tuman sudi rahbarga 3 yil 6 oy, texnologga 3 yil ozodlikni çeklaş jazosini tayinlab, ularni sud zalida qamoqdan ozod qilgandi.

Yangi hukmga köra:

➖ korxona rahbariga — 4 yil;

➖ texnologga — 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

ℹ️ Eslatib ötamiz, 2026-yil fevral oyida Farğona şahridagi boğçalarda bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat işi qözğatilgandi. Boğçalarga ovqatni “Garden Catering Trade” yetkazib bergan. Korxona talab etilgan iş tajribasiga ega bölmasa-da, yetkazib beruvçi sifatida toğridan-toğri tanlangani aniqlangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek757 ming obunaçi