Farzandi gul söragani uçun uni haqoratlab, urişgan ona reabilitatsiya markaziga joylaştirildi

Matn24-noyabr, 2023, 09:151 daqiqa0 koʻrish

Farzandi gul söragani uçun uni haqoratlab, urişgan ona reabilitatsiya va moslaştiriş markaziga joylaştirildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarmoqlarda tarqalgan — voyaga yetmagan farzandi gul dökonidan gul söragan vaqtida uni haqoratlab, urişib, dökondan olib çiqqan ona aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, örganişlar davomida ona V.A. turmuş örtoği bilan birga yaşamasligi, doimiy iş joyiga ega emasligi aniqlangan.

Hozirda fuqaro V.A ayollarni reabilitatsiya va moslaştiriş markaziga joylaştirilgan, qizi V.I esa Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilib, psixolog va pedagoglar tomonidan uning ruhiy holatini yaxşilaş yuzasidan işlar amalga oşirilmoqda.

Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan işçi guruh tuzilib va “Ijtimoiy iş” oçilgan bölib, oilaning oğir vaziyatga tuşganlik sabablari töliq örganiladi va bolani maktabda taʼlim olişi yuzasidan amaliy yordam beriş işlari olib boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek