Janubiy Koreya taʼlim vaziri imtihondagi köçirmaçilik mojarosi sabab isteʼfoga çiqdi
🇰🇷 Janubiy Koreya taʼlim vaziri imtihondagi köçirmaçilik mojarosi sabab isteʼfoga çiqdi
Taʼlim vaziri Çoy Kyo-jin oliygohlarga kiriş imtihonidagi çalkaşlik uçun masʼuliyatni öz zimmasiga oldi. Imtihonda köçirişga qarşi sönggi daqiqalarda şoşilinç çoralar joriy etilgan edi.
Bunga aprel oyidagi soliq maslahatçilari imtihonida eng yuqori ball olgan şaxs 15-noyabr kuni yaşirin kamera, smartfon va sunʼiy intellekt yordamida köçirganini tan olgani sabab bölgan.
Sakkiz soatlik imtihon davomida Wi-Fi çeklangan, abituriyentlarning közoynaklari va tugmalari tekşirilgan. Yaşirilgan telefonlarni aniqlaş uçun esa butun mamlakat böylab uç marta favqulodda signal yuborilgan.
Vazir yetarli tayyorgarlik körilmagani hamda qoidalar qayta-qayta özgartirilgani abituriyentlar va xodimlarga noqulaylik tuğdirganini tan oldi. U, şuningdek, yoşi sababli köçiriş holatlarini aniqlay olişiga işonçi komil emasligini aytgani uçun tanqidlarga uçragan.
Prezident Li Çje Myon 22-noyabr kuni isteʼfoni bir soat içida qabul qilib, imtihonlarni taşkil etiş tizimi va tegişli qonunçilikni qayta körib çiqişni topşirdi.
👉 @xushnudbek 👈


