Sport

Qurʼa taşlandi: Javohir Sindarov ilk partiyada oq donalarda öynaydi

Video22-noyabr, 2026, 22:102 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 24 mingSaytdagi körişlar: 2

♟Qurʼa taşlandi: Javohir Sindarov ilk partiyada oq donalarda öynaydi

Ayni daqiqalarda Jeneva şahrida Şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsning oçiliş marosimi bölib ötmoqda.

Marosim davomida ilk partiyada kim qaysi donalarda öynaşiga ham aniqlik kiritildi. Buning uçun soat içidagi 2 xil rangli ot şaklidagi şokoladdan birini tanlaş kerak edi. Dastlab amaldagi çempion sifatida Gukeş tanladi va unga qora rangli ot çiqdi.

Şunday qilib, dastlabki partiyada hamyurtimiz Javohir Sindarov oq donalarda öynaydi. Bu biroz ruhiy ustunlik berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, dastlabki partiya 24-noyabr (seşanba) kuni soat 19:00 da boşlanadi. Jami 14 ta partiya reja qilingan, kim birinçi 7,5 oçko töplasa, öşa çempion böladi.

Javohirga omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

  • 34 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek700 ming obunaçi